Bugungi birja narxi · 24/09/2026 08:20
QANDAY ISHLAYDI

Katalizatorni topshirishdan to‘lovgacha — to‘rt qadam

Narx faqat ikki narsaga bog‘liq: monolitdagi Pt, Pd va Rh miqdori hamda o‘sha kundagi birja kursi. Ikkalasini ham ochiq ko‘rsatamiz.

01

Modelni toping

Katalogdan avtomobil modelini tanlang yoki korpusdagi belgini kiriting. Model topilmasa, ariza qoldiring — rasm bo‘yicha 5 daqiqada javob beramiz.

02

Bizga olib keling

Qabul punktiga olib keling. Toshkent bo‘ylab katta hajm uchun kuryer bepul.

03

XRF tahlil

Monolit maydalanadi va rentgen-fluoressent analizatorda tekshiriladi — Pt, Pd va Rh tarkibi ppm da aniqlanadi. Taxminan 15 daqiqa.

04

To‘lov

Tahlil natijasi va hisob-kitob siz bilan birga ko‘rib chiqiladi. Naqd yoki plastik kartaga — o‘sha kuni.

Narx qanday hisoblanadi

Bizda narxlar aniq bo‘ladi, taxminiy narx orqali sotib olinmaydi. XRF analizator orqali katalizator tarkibi aniqlab olinadi va tahlil natijasi chiqariladi. Tahlilda aniqlangan gramm miqdori o‘sha kundagi birja kursiga ko‘paytiriladi. Yig‘indi — brutto narx.

Koeffitsient barcha modellar uchun bir xil va oldindan e‘lon qilinadi — yashirin hech narsa yo‘q.

Narx qanday hisoblanadi

Narxga nima ta‘sir qiladi

Monolit turi

Keramika yoki metall. Metall monolitlarda platina guruhi metallari kamroq bo‘ladi.

Holati

Katalizator butun, yorilgan/erigan yoki maydalangan (qum) holatda ham sotib olinadi — holati narxiga ta’sir qilmaydi. Faqat ho‘l holatda og‘irligini aniq bilib bo‘lmaydi, shuning uchun u quritilgan holda yoki og‘irligidan tegishli miqdor ayirilgan holda qabul qilinadi.

Ishlab chiqaruvchi

Zavod (OEM) katalizatorlarida metall tarkibi keyingi analoglarga qaraganda barqarorroq.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Analog katalizator qabul qilinadimi?

Ha. Lekin analoglarda Pt, Pd va Rh tarkibi odatda past bo‘ladi, shuning uchun narx ham pastroq.

Tahlil pullikmi?

Yo‘q. XRF tahlil bepul, natija sizga chop etib beriladi.

Katalizator og‘irligi muhimmi?

Hisob-kitobda faqat monolit og‘irligi qatnashadi — metall korpus baholanmaydi.

Narx qachon o‘zgaradi?

Birja kursi har kuni yangilanadi. Tahlil kuni kelishilgan narx o‘sha kun uchun amal qiladi.

To’plangan katalizatorlar nima qilinadi?

Aholi va tashkilotlardan to’plangan yaroqsiz avtokatalizatorlar to’plagandan so’ng ular maydalanadi va qum holatiga keltiriladi. So’ng qayta ishlash uchun maxsus qayta ishlash zavodiga yuboriladi.

Katalizatoringiz qancha turadi?

Modelni tanlang yoki qo‘ng‘iroq qiling — narxni bir daqiqada aytamiz.